Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Ma`naviyat va ma`rifat markazi tomonidan ilk marotaba o`tkazilgan "Yil talabasi" tanlovi g`oliblari taqdirlandi.
Tanlov OTM talabalari o`rtasida uch bosqichda o`tkazilib, unda jami 316 nafar yoshlar ishtirok etdi.
"Yilning o`z mutaxassisligi bo`yicha eng bilimdon talabasi"
Sardor Bozorboev - O`zbekiston milliy universiteti talabasi
"Yilning eng tashabbuskor talabasi"
Sardor Berdiev - Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Qarshi filiali talabasi
"Yilning ixtirochi talabasi"
Umid Ravshanov - Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali talabasi
"Yilning sportchi talabasi"
Bektemir Meliqo`ziev - Qo`qon davlat pedagogika instituti talabasi
"Yilning ijodkor talabasi"
Sanjarbek Azimov - O`zbekiston davlat konservatoriyasi talabasi
Shuningdek, "Yilning eng faol targ`ibotchi talabasi" nominasiyasida Toshkent davlat agrar universiteti talabasi Mohinur Jo`raeva hamda "Yilning eng faol notiq talabasi" nominasiyasida Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali talabasi Gavharoy Usmonxo`jaeva g`olib bo`lishdi.
Tanlov nizomiga ko`ra har bir nominasiya bo`yicha 1-o`rin sohiblari tanlov statuetkasi va EKIH o`n barobari, 2-o`rin sohiblari sakkiz barobari, 3-o`rin sohiblari besh barobari miqdorida pul mukofoti va diplom bilan taqdirlandi.






