Adliya vazirligi 2018 yil yakunlariga ko`ra “Yilning eng yaxshi adliya bo`limi” va “Yilning eng yaxshi adliya xodimi” nominasiyalari bo`yicha tanlov o`tkazdi.
Ikki bosqichda o`tkazilgan tanlov xizmat vazifalari va majburiyatlarini namunali bajarayotgan tuman (shahar) adliya bo`limlari va adliya xodimlarining faoliyatini rag`batlantirishga qaratilgan. Birinchi bosqichda hududiy adliya bo`limlari darajasida eng yaxshilar aniqlangan bo`lsa, ikkinchi bosqichda respublika miqyosida mutlaq g`oliblar saralandi.
“Yilning eng yaxshi adliya xodimi” nominasiyasida 1-o`rin Namangan viloyati Ekspertiza bo`limi boshlig`i Sardorbek Azizovga, 2-o`rin Xorazm viloyati Ekspertiza bo`limi boshlig`i Rahmon Sattorovga, 3-o`rin esa Surxondaryo viloyati Ekspertiza bo`limi etakchi maslahatchisi Sayqalbek Allayorovga nasib etdi.
“Yilning eng yaxshi adliya bo`limi” deb esa Buxoro viloyati G`ijduvon tumani adliya bo`limi, Toshkent shahar Yashnobod tumani adliya bo`limi va Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani adliya bo`limi e`tirof etildi.
G`oliblar adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan maxsus diplom va pul mukofotlari bilan rag`batlantirildi:
Eslatib o`tamiz, ushbu tanlov an`anaviy tarzda har yili o`tkazib boriladi.








