AQShlik gimnastikachi Katilin Oxashi o`z harakatlari bilan hammani qoyil qoldirib, internet yulduziga aylandi, deya xabar berdi TASS nashri.
Kaliforniya universiteti talabasi 21 yoshli Katilin Oxashi o`tkazilgan sport musobaqasida hakamlar hay`ati va tomoshabinlarni hayratga solib, murakkab elementlarni amalga oshirdi. Uning harakatlariga hakamlar eng yuqori bal qo`ygan. Internetda esa ushbu video bir kunning o`zida 30 million foydalanuvchi tomonidan ko`rilgan.






