Gana poytaxti Akkra va uning atrofida ekologik xavfsiz uylar qurilishi boshlandi, deb xabar berdi Ntdtv.ru nashri.
Mazkur uylar yangi texnologiya asosida qurilayotgan bo`lib, ular ekologik toza bo`lishi bilan birga, zilzilaga bardoshlidir. Shuningdek, u ancha arzonga tushadi. Loyiha mualliflarining so`zlariga ko`ra, uylarni qurishda toza qum va qizil loydan foydalaniladi. Poydevor barpo etishdan oldin esa er kamida 20 sm.ga cho`ktiriladi. Mazkur texnologiya dunyoning rivojlangan davlatlari Avstraliya va AQShda qiziqish uyg`otmoqda.






