AsosiyDunyo

Avstraliyada rekord darajadagi issiq havo harorati kuzatilmoqda

'Avstraliyada rekord darajadagi issiq havo harorati kuzatilmoqda 'ning rasmi

Avstraliyada rekord darajadagi issiq havo harorati kuzatilmoqda, deya xabar qilmoqda Ntdtv.ru nashri.

Mamlakat bo`ylab va ayniqsa, janubiy hududlarda harorat tobora ko`tarilib bormoqda. Ayni damda 45 daraja issiq bo`lib, bu rekord daraja hisoblanadi. Odamlar vaqtlarini dengiz sohillari va soya-salqin joylarda o`tkazishmoqda. Hayvonot bog`idagi jonivorlar esa issiqdan aziyat chekyapti. Shu sababdan bog` ma`muriyati ularga qo`shimcha suv hamda muzlatilgan mahsulotlar bermoqda. Sog`liqni saqlash vazirligi odamlarni quyosh nurida kamroq bo`lishga va ko`p miqdorda suv ichishga chaqirmoqda.

    Boshqa yangiliklar