Suriyaning Manbij shahrida ro`y bergan portlash oqibatida 4 nafar AQSh askari halok bo`ldi, deya ma`lum qilmoqda RIA Novosti nashri.
Qo`shma shtatlar ushbu xabarni rasman tasdiqlagan. Qurbonlarning umumiy soni esa 16 kishidan iborat bo`lib, ular orasida tinch aholi vakillari ham bor. Portlash shahar markazidagi restoranlardan birida ro`y bergan. Mazkur voqea uchun javobgarlikni Islom davlati terrorchilik guruhi o`z zimmasiga olmoqda.






