O`zbekiston Respublikasi prezidenti "2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini "Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to`g`risida"gi farmonni imzoladi.
Hujjatga ko`ra, 2019 yil 1 martdan boshlab:
- xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarning ta`sischilari (ishtirokchilari) va ularning oila a`zolari uchun muddatini mamlakatdan chiqmasdan uzaytirish imkoniyati bo`lgan, amal qilish muddati uch yilni tashkil qiladigan “investisiya vizasi” joriy etiladi;
- O`zbekistonda korxonalar tashkil qilish uchun 3 million AQSh dollaridan ortiq miqdorda investisiya kiritgan xorijiy davlatlar fuqarolariga O`zbekistonda yashash guvohnomasi 10 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi;
- O`zbekistonda yashash guvohnomasi yoki “investisiya vizasi”ga ega xorijiy investorlar hamda ularning oila a`zolari O`zbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy va ta`lim xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega bo`ladi.






