AsosiyDunyo

Kazinoda omadsizlikka uchragan o`yinchi otishma tashkil qildi

Tailandning shimoliy sharqida joylashgan Kxonket provinsiyasida joylashgan kazinoda sodir bo`lgan otishma sabab 2 kishi halok bo`ldi va 10 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy polisiya ma`lum qilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ma`lumotlarig ko`ra, mahalliy fuqaro 300 dollardan ko`proq pulini yutqazib qo`yadi va kazinoada janjal keltirib chiqaradi.

Bu erga kelgan mehmonlar hamda xodimlar unga 10 dollar pul berishadi va ketishini so`raydi. Biroq u bir soatlardan keyin qaytib kelib, kazinoni o`qqa tutadi. Voqea joyidan AK-47 avtomati patronlari topilgan.

Hujum qilgan shaxs yashirinishga ulgurgan, ammo uning shaxsi aniq. Hozirda polisiya unga nisbatan qidiruv e`lon qilgan, deya xabar bermoqda TASS.

    Boshqa yangiliklar