AsosiyJamiyat

O`zbekiston-Amirliklar investisiya kompaniyasi tashkil etiladi

'O`zbekiston-Amirliklar investisiya kompaniyasi tashkil etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to`g`risida”gi farmonida O`zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi, Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining O`zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi tomonidan Abu Dabi rivojlanish jamg`armasi (BAA) bilan birgalikda O`zbekiston-Amirliklar investisiya kompaniyasini tashkil etish belgilangan.

Mazkur O`zbekiston-Amirliklar investisiya kompaniyasi Abu Dabi rivojlanish jamg`armasi (BAA) kompaniyasining 75 foiz miqdordagi hamda O`zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasining 25 foiz miqdordagi ulushlari hisobiga 5 million AQSh dollari miqdoridagi ustav fondiga va 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi e`lon qilingan kapitaliga ega bo`lib, mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi.

Shuningdek, ushbu kompaniya Birlashgan Arab Amirliklarining investisiyaviy, moliya institutlari va kompaniyalari bilan investisiyaviy hamkorlikni rivojlantirish vazifalarini bajaradi, ular bilan investisiyaviy munosabatlarni muvofiqlashtiradi, qo`shma investisiyaviy loyihalarni qo`llab-quvvatlaydi va ro`yobga chiqarishga ko`maklashadi.

    Boshqa yangiliklar