Yakshanba kuni Ruminiyada prezident saylovi bo`lib o`tadi. BBC News bergan xabarga ko`ra, prezidentlikka asosiy nomzod sifatida Bosh vazir Viktor Pont va Klaus Yoxanneslar ko`rsatilmoqda.
Bugungi ovoz berish jarayonida g`olib aniqlanmasa, ikkinchi bosqich 16 noyabr kuni o`tkaziladi.
Ayni paytdagi prezidenti Trayan Besesku uchinchi marta o`z nomzodini qo`yish huquqiga ega emas.





