1

Yo`lovchi 3 kiloga yaqin zargarlik buyumlarini yashirincha olib o`tishga urindi

Jamiyat 18.01.2019, 17:46
Yo`lovchi 3 kiloga yaqin zargarlik buyumlarini yashirincha olib o`tishga urindi

Toshkent xalqaro aeroporti bojxona xodimlari "Qobul-Toshkent" reysi bilan uchib kelgan fuqarodan deklarasiyada ko`rsatilmagan zargarlik buyumlari borligi aniqlashdi. Bu haqda O`zbekiston davlat bojxona qo`mitasi xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, "Qobul-Toshkent" reysi bilan mamlakatimizga uchib kelgan fuqaro «qizil» yo`lak orqali harakatlanayotgan paytda bojxonachilar uni belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazdi.

Natijada, uning sumkasidan bahosi 10 million so`mdan oshiq bo`lgan jami 2928 gramm oq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1