1

O`zbekistonda daraxtlarni kesish to`lovlar asosida amalga oshiriladi

Jamiyat 19.01.2019, 09:16
O`zbekistonda daraxtlarni kesish to`lovlar asosida amalga oshiriladi

Hukumat qarori bilan Davlat o`rmon fondiga kirmaydigan erlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish hamda daraxtlarni xatlovdan o`tkazish tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Nizom bilan davlat o`rmon fondiga kirmaydigan erlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, butash, kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish hamda daraxtlarni xatlovdan o`tkazish tartibi belgilandi.

Daraxtlar va butalarni ekish ularning turlari, iqlim sharoitiga moslashuvchanligiga, er osti suvlarining yaqinligi, erning sho`rlanish darajasi hamda sug`orish tizimi mavjudligiga qarab amalga oshiriladi.

2019 yil martgacha davlat o`rmon fondiga kirmaydigan erlardagi daraxtlarni xatlovdan o`tkazish bo`yicha metodik qo`llanma ishlab chiqiladi hamda 2019 yil iyun oyigacha davlat o`rmon fondiga kirmaydigan erlardagi daraxtlar to`liq xatlovdan o`tkaziladi.

Daraxtlarni xatlovdan o`tkazish har 5 yilda bir marta o`tkaziladi. Xatlovni o`tkazish uchun har bir hududda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qabul qilinadi. Xatlov o`tkazishda 100 yoshdan oshgan daraxtlar aniqlansa, ularni tabiat yodgorliklari sifatida muhofazaga olish uchun alohida reestr yuritiladi.

Sanitar maqsadida daraxtlar va butalarning shoxlari:

  • quriyotgan yoki qurib qolgan;
  • betartib o`sishi natijasida hovli, ko`cha va boshqa jamoat joylarining ko`rinishini buzib turgan;
  • kasallangan;
  • turli infratuzilmalar faoliyatiga xalaqit berayotgan;
  • shamol, qor yoki boshqa tabiiy jarayonlar ta`sirida sinishi natijasida odamlarning hayoti va sog`lig`iga hamda mol-mulkiga xavf solayotgan holatlarda kesiladi.

Daraxtlar va butalarni kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish ishlari mahalliy davlat hokimiyati organlarining Obodonlashtirish boshqarmalari yoki ushbu turdagi xizmat ko`rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan to`lov evaziga amalga oshiriladi.

Daraxtlar va butalarni yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan kesish quyida keltirilgan to`lovlar asosida amalga oshiriladi:

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1