1

Ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik oqim g`oyalarini targ`ib qilib kelgan shaxs sudlandi

Jamiyat 19.01.2019, 09:34
Ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik oqim g`oyalarini targ`ib qilib kelgan shaxs sudlandi

Farg`onada ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik oqim g`oyalarini targ`ib qilish bilan shug`ullanib qamalgan shaxs fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha tuman kengashining kafilligi bilan qamoqdan ozod etildi.

Bu haqda jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyat sudining sudyasi D.Xoliqnazarova O`zA muxbiriga ma`lum qildi.

Farg`ona tumanilik Rustam Karimov 2014 yil iyul oyida yollanma ishchi sifatida Rossiya Federasiyasining Qozon shahriga borib-kelib yurishi davomida ijtimoiy tarmoqda jihodchilar diniy ekstremistik oqim g`oyalarini targ`ib qilish va boshqa fuqarolarga tarqatish maqsadida profil yaratgan.

U 2017 yil 25 avgust kuni Qozon shahrida yurgan paytda “telegramm” ijtimoiy tarmog`i orqali tanishi Sh. Tursunalievning sahifasiga 4 dona aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan, jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan diniy mazmundagi audio ma`ruzalari va terrorchilik tashkilotining ramziy belgisi bo`lgan bir dona qora bayroq tasviri tushirilgan rasmni tarqatgan. Yaratilgan profilning “druzya” qismida u ekstremistik oqimlarga a`zo bo`lgan bir necha shaxs bilan do`stlashgani hamda diniy ekstremistlarni “jihod” harakatlariga chorlovchi audioroliklari va videofilmlarini boshqalarga tarqatish va telegramm kanaliga a`zo bo`lishga undovchi yozishmalar joylashtirilganligi aniqlangan. Ushbu materiallar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirilgan.

Sud – adabiyotshunoslik ekspertizasining xulosaga ko`ra, R. Karimov tomonidan “telegramm” orqali tarqatilgan va profilida aniqlangan va taqdim qilingan ma`ruzalar mazmun-mohiyatiga ko`ra, mamlakatimizda jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan, aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan va uni targ`ib qiladigan materiallar sirasiga kirishligi aniqlangan.

Sudlanuvchi R. Karimovga sud hukmiga ko`ra, Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi asosida 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyati sudi appelyasiya sudlov hay`atining ochiq sud majlisida appelyasiya shikoyati ish materiallariga qo`shib ko`rib chiqildi. Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Farg`ona tumani kengashining kafillik xati, R. Karimovning qilmishidan pushaymonligi, oilaviy sharoiti, adashib jinoyat yo`liga kirib qolganligi kabi holatlarni inobatga olib, sud hukmini o`zgartirdi. Ajrimga asosan, R. Karimovga uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Uning zimmasiga uyali aloqa vositalaridan foydalanmaslik va ijtimoiy tarmoqqa ulanmaslik qo`shimcha taqiqlari yuklatildi.

3.JPG

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1