1

Namanganda ayovsiz mushtlashgan yigitlar qo`lga olindi (video+18)

Jamiyat 19.01.2019, 10:19
Teglar: Video
Namanganda ayovsiz mushtlashgan yigitlar qo`lga olindi (video+18)

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh yigitlarning mushtlashayotgani aks etgan video tarqaldi. Videlavhada 20-25 yoshlar atrofidagi yigitlarning avvaliga og`zaki tortishayotganini, so`ngra ular bittasini ayovsiz kaltaklayotgani aks etgan. Kaltaklangan yigit shu joyda hushidan ketib, erga yiqilib tushgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaning ma`lum qilishicha, mazkur xolat Namangan viloyati Norin tumani Kurgoncha MFY xududidagi "balikxona"da sodir etilgan, ushbu xolat bo`yicha Norin tuman IIB TB tomonidan JKning 277-moddasi bilan jinoyat ishi kuzgatilgan, xozirda dastlabki tergov xarakatlari olib borilmokda.

Jinoyat ishi yurituvi ustidan Bosh prokuratura nazorati o`rnatilgan.

Namangan viloyat IIB matbuot xizmati xabariga ko`ra, 2018 yil 24 dekabr kuni soat 15:30 atrofida Norin tumanida yashovchi fuqarolar 1994 yilda tug`ilgan T.R., R.M., N.A., M.A. va T.I. tumanning Qo`rg`oncha mahallasida joylashgan "Sada" oshxonasida Norin tumanida yashovchi, 1993 yilda tug`ilgan A.L. va 1985 yilda tug`ilgan B.Sh. bilan o`zaro janjallashib, ularning yuz, bosh va qorin qismlariga qo`l va oyoqlari bilan urib, do`pposlab, tan jarohatlari etkazgan.

Mazkur holat bo`yicha Norin tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Jinoyat ishi bo`yicha gumon qilinuvchi T.R., R.M., N.A., M.A. va T.I.ga nisbatan JKning 277-moddasi, 3-qismi «g» bandi bilan ayblov e`lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llangan.

Hozirda Namangan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1