Kon-metallurgiya tarmog`i korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, kon-metallurgiya tarmog`ining yirik korxonalari 2019 yil yakunidan boshlab:
- moliyaviy hisobotlarni majburiy tartibda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida tuzadi va xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb etgan holda mustaqil tashqi auditni o`tkazadi;
- aktivlarni sotish rentabelligi, aktiv va majburiyatlarning aylanishi, shuningdek xalqaro fond birjalari va moliya institutlari talablariga asosan belgilanadigan boshqa ko`rsatkichlar darajasi bo`yicha minimal talablarni amaliyotga joriy qiladi.
2020 yil yakunidan boshlab:
- hisob va hisobot bo`yicha xalqaro standartlar (ISAR) prinsiplari va talablari asosida korporativ oshkoralikntadbiq etiladi;
- global tashabbuskorlik hisobotiga (GRI) muvofiq hisobotlar shu jumladan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik masalalar bo`yicha chop etiladi.
- Uran qazib chiqarish va qayta ishlash bo`yicha davlat korxonasini hamda qimmatbaho metallar qazib chiqarish va qayta ishlash bo`yicha aksiyadorlik jamiyati shaklidagi korxonani tashkil etish orqali “Navoiy KMK” DK qayta tashkil etiladi.
Kon-metallurgiya tarmog`ini isloh qilish bo`yicha respublika komissiyasi tasdiqlandi.
Komissiya 2019 yil 1 martga qadar “Navoiy KMK” DKni qayta tashkil etish va korparativ boshqarishning zamonaviy usullarini tadbiq etish bo`yicha yo`l xaritasini tasdiqlaydi hamda 2019 yil 1 mayga qadar kon-metallurgiya tarmog`ining yirik korxonalariga berilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qayta ko`rib chiqish va unifikasiya qilish bo`yicha takliflar tayyorlaydi.
2019 yil 1 martga qadar xalqaro maslahatchi va ekspertlarni jalb qilgan holda “Navoiy KMK” DKning balansida bo`lgan va zaxiralari Qidiruv natijalari, mineral resurslar va ruda zaxiralari hisoboti Avstraliya kodeksi (JORC Code) standartlariga muvofiq qayta baholanadigan konlar ro`yxati tasdiqlanadi.
2019 yil 30 avgustga qadar xalqaro ekspertlar ishtirokida “Davlat mulkini boshqarish to`g`risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.






