1

​O`zbekistonda keyingi hafta havo harorati -12 darajagacha pastlashi kutilmoqda

Jamiyat 19.01.2019, 10:52
​O`zbekistonda keyingi hafta havo harorati -12 darajagacha pastlashi kutilmoqda

O`zbekistonda keyingi haftadan, 20 yanvar kunidan boshlab kuchli sovuq boshlanishi, havo harorati -12 darajagacha pastlashi kutilmoqda, deb xabar qildi O`zgidromet.

Yog`ingarchilik yakshanba kunidan boshlanadi. Yomg`ir yog`ib, qorga aylanishi ehtimoli bor. Xuddi shu kuni temperatura kunduzi +2 va +4 gradus, kechasi – -2 bo`ladi.

Eng kuchli sovuq Qoraqalpog`istonda bo`lishi kutilmoqda. Bu regionda termometr -3 va -8 darajani ko`rsatadi, 21-23 yanvar kunlari qahraton sovuq – -12 darajani tashkil qiladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi shu kunlarda uzoq joylarga borishni rejalashtirmaslikni, xonadon deraza va eshiklarini sovuq o`tmaydigan qilishni, isitish asboblarini soz holga keltirishni tavsiya etadi.

Shuningdek, ushbu davrda tuman tushishi, G`arbdan esadigan shamol tezligi 7-12 metrni tashkil etishi kutilmoqda. Tog`li hududlarda qor ko`chishi xavfi bor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1