1

Londonda ishlagan mutaxassis – hokimga maslahatchi bo`ldi

Jamiyat 19.01.2019, 21:19
Londonda ishlagan mutaxassis – hokimga maslahatchi bo`ldi

Uzoq yillar xorijda ishlab tajriba orttirgan mutaxassis – Nazirjon Jo`raev Navoiy viloyati hokimining investisiya va innovasiyalar bo`yicha maslahatchisi vazifasiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

N.Jo`raev 1983 yilda Karmana tumanida tug`ilgan. Navoiy davlat konchilik institutini bitirgan. 2007 yilda London buxgalteriya va moliya kollejini tamomlagach, 2011 yilgacha Angliyada “Oceanic Village LTD” kompaniyasida menejer, 2018 yilgacha “Jones Lang Lasalle” kompaniyasida biznes inshootlarini boshqarish bo`yicha menejer yordamchisi vazifalarida ishlagan. Shuningdek, London qimmatli qog`ozlar bozorida tajriba to`plagan. Shu davrda Angliyadagi Raskin universitetining magistratura bosqichida ta`lim olgan.

– O`zbekistonda men kabi yosh mutaxassislarning har tomonlama qo`llab-quvvatlanayotganini ko`rib, tug`ilib o`sgan yurtimga qaytib, xizmat qilishga qaror qildim. Viloyat hokimining taklifidan ruhlanib, g`ayrat va shijoat bilan ishga kirishaman. Navoiy viloyati juda katta resurslarga boy hudud hisoblanadi. Xususan, er osti va er usti tabiiy zaxiralaridan qurilish industriyasida keng foydalaniladigan shisha, marmar va granit toshlari hamda bazalt tolasini ishlab chiqarish imkoniyatlarini o`rganib chiqdim. Xorijiy investorlar bilan mustahkam kooperasiya aloqalarini o`rnatib, import o`rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo`yicha viloyatda katta imkoniyatlar mavjud. Xorijda o`rganganlarimni hayotda qo`llash imkoniyatiga ega bo`lganimdan minnatdorman, – deydi hokim maslahatchisi N.Jo`raev.

Tajribali mutaxassis viloyatga kamida 2 ta xalqaro banklarning investisiyalarini jalb etish, Germaniyadagi xalqaro universitetning filialini ochish hamda bir qator innovasion g`oyalarni o`z ichiga olgan investision loyihalar bo`yicha o`z takliflarini ilgari surmoqda.

– Tarixdan ma`lumki, ota-bobolarimiz shu muqaddas zaminda yashab dunyo tamadduniga – sivilizasiyasiga asos solgan. Ularning bilimini uzoq yillar o`zlashtirgan g`arb olami rivojlandi. Biz bugun ularning tajribasini islohotlar jarayonida qo`llayotgan bo`lsakda, vaqti kelib albatta, sivilizasiya yana Ona zaminiga qaytadi. Men bunga ishonaman. Shunda dunyo hamjamiyati yana bizdan andoza olishiga, o`rganishiga to`g`ri keladi, – deydi N.Jo`raev.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1