1

Adliya vazirligi tomonidan 1,1 mlndan ortiq qonun buzilishi holati aniqlandi

Jamiyat 20.01.2019, 14:51
Adliya vazirligi tomonidan 1,1 mlndan ortiq qonun buzilishi holati aniqlandi

Adliya vazirligining kengaytirilgan hay`at majlisida ma`ruza qilgan vazir Ruslanbek Davletov 2018 yilda 11 mingga yaqin tashkilotda huquqni qo`llash amaliyoti o`rganilganini, bu jarayonda 1,1 milliondan ortiq qonun buzilish aniqlanganini qayd etdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Ushbu holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga 10 mingdan ortiq taqdimnoma, sudlarga 54 milliard so`mlik 13 ming 600 da`vo arizasi kiritilgan. 35 mingdan ziyod ogohnoma, 2,4 ming ma`muriy va 127 jinoiy taklif kiritilgan.

Ta`sir chorlar natijasida 49 milliard so`mlik 14 ming 700 da`vo arizasi qanoatlantirilgan, 6 ming nafar mansabdor shaxs intizomiy, 3,5 ming nafari ma`muriy javobgarlikka tortilgan. 511 nafar shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1