1

O`zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi Frankfurtda muzokara olib bordi

Jamiyat 20.01.2019, 14:57
O`zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi Frankfurtda muzokara olib bordi

19 yanvar kuni Frankfurt shahrida O`zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi raisi Baxromjon Gaziev va Zamonaviy beshkurash xalqaro ittifoqi prezidenti doktor Klaus Shormanning uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Uzoq muddatli va o`zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish masalasi muhokama qilingan uchrashuvda Baxromjon Gaziev O`zbekiston zamonaviy beshkurashining holati va istiqbollari haqida batafsil so`zlab berdi.

Muloqotda ta`kidlanganidek, ko`p yillardan buyon mamlakatimizda ushbu sport turiga etarlicha e`tibor berilmagan va shuning uchun rivojlana olmagan edi. Biroq, hozirda vaziyat o`zgardi.

— O`zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi va Milliy olimpiya qo`mitasining birgalikdagi sa`y-harakatlari natijasida qisqa vaqt ichida kuchli murabbiylar va bir nechta iqtidorli sportchi topishga muvaffaq bo`ldik va Tokio 2020 Olimpiadasida ishtirok etish uchun haqiqiy imkoniyatlar paydo bo`ldi, – dedi Baxromjon Gaziev.

Klaus Shormann, o`z navbatida, O`zbekiston zamonaviy beshkurashini rivojlantirish va ommalashtirishga yordam berishga vada berdi.

Uchrashuvda O`zbekiston sportchilarini zarur jihozlar bilan ta`minlash va sport majmualarini mashg`ulotlari uchun zamonaviy uskunalar bilan jihozlash masalalari ham muhokama qilindi.

Klaus Shormann mamlakatimizda ushbu sport turini rivojlantirish borasida o`z tavsiya, takliflarini bergan bo`lib, ular O`zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasining kelajakdagi harakatlarini rejalashtirish uchun asos bo`lib xizmat qiladi.

Mamlakatimizda yaqin vaqt ichida O`zbekiston zamonaviy beshkurash maktabi ochiladi. Rejaga binoan qilichbozlik zali, suzish havzalari, yugurish yo`laklari, stadionlar, konkur maydoni va o`q otish uchun mo`ljallangan maydonlarni o`z ichiga olgan, xalqaro standartlarga mos zamonaviy sport bazasi quriladi. Kelgusida ushbu sport bazasida nafaqat zamonaviy beshkurash, balki boshqa sport turlari bo`yicha ham xalqaro musobaqalar o`tkaziladi.

O`zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi raisi ish rejasidagi navbatdagi qadam Osiyo zamonaviy beshkurash konfederasiyasi prezidenti Sangvo Park bilan uchrashuvdir. Hozirgi vaqtda uchrashuvning aniq sanasi, joyi va vaqtini belgilash bo`yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1