1

Toshkent shahrining 11 ta chiqish postlarida profilaktik tadbirlar o`tkazilmoqda

Jamiyat 20.01.2019, 15:48
Toshkent shahrining 11 ta chiqish postlarida profilaktik tadbirlar o`tkazilmoqda

Soliq tizimidagi keng ko`lamli islohotlar davrida qonun ustuvorligiga rioya etgan holda, insofli soliq to`lovchilar uchun teng raqobat sharoitini yaratish va yashirin faoliyat yuritayotgan sub`ektlarni aniqlash maqsadida 2019 yil 18-20 yanvar kunlari Toshkent shahrining 11 ta chiqish postlarida profilaktik tadbirlar o`tkazilmoqda. Bu haqda Davlat soliq qo`mitasi, Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi xabar berdi.

«Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining Toshkent shahridagi chiqish postlarida olib borayotgan profilaktik tadbirlari bilan bog`liq vaziyatga aniqlik kiritish uchun Rohat va Chilonzor postlarida bo`ldik», deyiladi xabarda.

Ma`lum bo`lishicha, ushbu tadbirlarda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining navbatchiligi tashkil etilib, ularga 43 nafar malakali xodimlar jalb qilingan.

Profilaktik tadbirlarning asosiy maqsadi esa yuk tashib o`tayotgan avtotransport vositalari haydovchilari uchun qonuniy ishlashning ustunliklarini tushuntirish, tovarlarning harakatini monitoring qilishdan iborat.

Tadbir davomida navbatchilikka jalb etilgan xodimlar tomonidan IIV Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi inspektorlari yordamida davlat soliq xizmati organlari xodimlarining Odob-axloq qoidalariga qat`iy rioya etgan holda, transport vositalari harakatiga xalaqit bermasdan, olib o`tilayotgan yuklarning yo`l hujjatlari tekshirilib, ulardan nusxa (elektron suratga) olinmoqda.

Yuklarni sanoqdan o`tkazish yoki yuk xatiga to`g`ri kelishini tekshirish, mahsulotlarni olib qo`yish qat`iyan man etilgan.

Tadbirkorlik sub`ektlarini qo`llab-quvvatlash, kelgusida soliq qonunchiligi talablari buzilishining oldini olish, ma`muriy xarajatlarni kamaytirish maqsadida har bir davlat soliq inspektorlariga soliq tartibi o`zgargan 10 ta soliq to`lovchilar uchun bittadan xodim biriktirilib, ular bilan manzilli ish olib borilmoqda.

Ushbu tadbirlar jarayonida soliqlarini vaqtida to`lab, qonun normalariga rioya etayotgan insofli soliq to`lovchilar, bozordagi teng raqobat muhitiga hujjatsiz mahsulotlarini sotib, soliqlarini to`lamay ishlayotgan, qo`shtirnoq ichidagi tadbirkorlar salbiy ta`sir ko`rsatayotganliklarini qayd etmoqda.

Davlat soliq qo`mitasi belgilangan tartibda qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar faoliyati uchun hech qanday to`sqinlikka yo`l qo`yilmasligini eslatib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1