1

Xorazm viloyati delegasiyasi Malayziyaga yo`l olmoqda

Jamiyat 20.01.2019, 16:07
Xorazm viloyati delegasiyasi Malayziyaga yo`l olmoqda

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov boshchiligidagi viloyat ishbilarmonlar vakillari ishtirokidagi delegasiya 23-26 yanvar kunlari Malayziyada bo`ladi, deb xabar qilmoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

"Tashrif doirasida vazirliklar, idoralar, yirik sanoat korxonalari, importyorlar, turistik kompaniyalar va oliy ta`lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o`tkaziladi, shuningdek, Malayziya tashqi savdo taraqqiyoti korporasiyasi, Malayziya ishlab chiqaruvchilari federasiyasi bilan hamkorlikda biznes forumi va «B2B» shaklida muzokaralar bo`lib o`tadi", - deyilgan O`zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ma`lumotida.

Kelishuvlar natijalariga ko`ra istiqbolli sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilish va Malayziyaning etakchi universitetlari filiallarini Xorazm viloyatida ochish bo`yicha hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev taklifiga binoan, respublikaga investisiyalarni faol jalb qilish maqsadida, viloyat hokimiyatlari va elchixonalar hamkorlikda xorijiy mamlakatlarda O`zbekiston sarmoyaviy hamda turistik salohiyatlarini keng namoyish qilish bilan shug`ullanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1