AsosiyDunyo

Estoniyada eski kiyimlarni qayta ishlash uchun topshirish mumkin

Tallin hukumati  eski  kiyim-kechak  yig`ish va qayta ishlashning  o`ziga xos usulini topishdi:  ko`chalarga maxsus konteynerlar o`rnatildi. Bir necha o`nlagan konteynerlar nafaqat eski ust-boshlarni, balki to`qimachilik mahsulotlari, o`yinchoqlar va oyoq kiyimlarini ham yig`adilar. 
 Shu kabi harakatlar chiqindixonalardagi chiqindilarning umumiy miqdorini kamaytiribgina qolmasdan, mamlakatning qayta ishlash sohasining ham faolligini oshirishi  ko`zda tutilmoqda.
Topshirishdan oldin narsalarni tozalash lozim
Ikkilamchi  xomashyoni qayta ishlash markazi rahbarining ta`kidlashiga ko`ra, yaxshigina daromad keltiruvchi  bunday tajriba  ko`pgina evropa mamlakatlarida mavjud. Har yili qayta ishlash sohasi og`ir va engil sanoatda foydalaniladigan «yashil» tolalar va materiallar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo`lmoqdalar. Endilikda  Tallin ham ilg`or evropa tajribasini qo`llashga qaror qildi.   
Mahalliy hukumat aholi bilan  mazkur konteynerlardan foydalanishning o`ziga xos xususiyatlari borasida tushuntirish ishlari olib bordilar:
1. ushbu konteynerlarga faqat toza kiyim-kechak, o`yinchoqlar va oyoq kiyimlarini tashlash mumkin;
2.  ikkilamchi xomashyo  nam yoki ho`l   bo`lmasligi kerak;
3. eski elektr uskunalari, qadoqlash materiallari yoki organik chiqindilar tashlanishi tavsiya etilmaydi;
4.    har bir chiqindi turi uchun (o`yinchoq, to`qimachilik mahsulotlari va sumkalar) konteynerda alohida seksiya mavjud.   
Mahalliy hukumat a`zolari konteynerlarni  gavjum hududlarga – bozorlar, yirik savdo markazlari, transport shoxobchalari va boshqa joylarga  o`rnatdilar. Bu esa yangi «yashil» tashabbusning  mahalliy xalq orasida kengroq  ommalashishiga zamin yaratishi lozim. 
Manba: http://roshlam.ru/

    Boshqa yangiliklar