1

Poytaxt aholisi qariyib 46 ming kishiga o`sgan

Jamiyat 21.01.2019, 10:18
Poytaxt aholisi qariyib 46 ming kishiga o`sgan

O`zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining doimiy aholisi soni 2019 yil 1 yanvar holatiga 2510,8 ming kishini tashkil etib, 2018 yilda 45,9 ming kishiga yoki 1,9%ga o`sgan.

Davlat statistika qo`mitasi xabariga ko`ra, 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida 46,3 ming bola tug`ilganligi qayd etilgan bo`lib mos ravishda tug`ilish koeffisienti 1000 aholiga nisbatan 18,6 promilleni tashkil etdi va 2017 yilga nisbatan 0,9 ga (2017 yilning mos davrida 17,7 promille bo`lgan) o`sdi.

2018 yilning yanvar-dekabr oylarida 15,7 mingta o`lim qayd etilgan bo`lib, shundan 581 nafari 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soniga to`g`ri kelmoqda. O`lim koeffisienti 6,3 promilleni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,4 ga kamaydi (2017 yilning mos davrida 6,7 promille bo`lgan).

Poytaxt aholisining tabiiy o`sishi 30,6 ming kishini tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 3,9 ming kishiga o`sishi (2017 yilning mos davrida 26,7 ming kishi bo`lgan) kuzatildi.

FHDYo organlarida 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida 20,3 mingta nikoh va 4,3 mingta nikohdan ajralishlar qayd etildi.

1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffisienti 8,2 promilleni tashkil qilib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,4 ga o`sdi (2017 yilning mos davrida - 7,8 promille bo`lgan).

Nikohdan ajralish koeffisienti 1000 aholiga nisbatan 1,7 promilleni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega (2017 yilning mos davrida 1,5 promille bo`lgan) o`sgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1