1

2018 yilda eng ko`p nikoh Samarqand viloyatida qayd etildi

Jamiyat 21.01.2019, 10:24
2018 yilda eng ko`p nikoh Samarqand viloyatida qayd etildi

Davlat statistika qo`mitasi xabariga ko`ra, FHDYo organlarida 2018 yilda eng ko`p nikoh qayd etilgan vaqt oktyabr oyiga to`g`ri keldi. Vaholanki, yil davomida 311,4 mingta nikoh qayd etilgan bo`lsa, uning 44,6 mingtasi shu oyda kuzatildi.

Nikoh tuzish borasida Sirdaryo viloyatida 2017 yilga nisbatan o`sishi 12,2 foizni, Jizzax viloyatida 6,9 foizni, Toshkent viloyatida 5,9 foizni tashkil etib, peshqadamlik qildi.

Shu tariqa 2018 yilda har ming aholiga nikoh tuzish koeffisienti 9,4 promilleni tashkil etdi.

Qayd etilgan nikohlar soni bo`yicha Samarqand viloyati eng yuqori 37,5 mingtani, Farg`ona viloyati 35,4 mingtani va Qashqadaryo viloyati 31,6 mingtani tashkil etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1