1

O`zbekistonda eng ko`p qaysi kasalliklar o`limga sabab bo`lmoqda?

Jamiyat 21.01.2019, 10:29
O`zbekistonda eng ko`p qaysi kasalliklar o`limga sabab bo`lmoqda?

Statistik ma`lumotlariga ko`ra, 2018 yilda O`zbekistonda 154,7 ming kishining o`limi qayd etilgan. Bu ko`rsatkich 2017 yilga nisbatan 3,7 foizga kam demakdir.

Vafot etganlarning 60,3 foizi qon aylanish tizim kasalliklaridan, 9,7 foizi turli o`simtalardan, 5,6 foizi ovqat hazm qilish a`zolaridan, 4 foizi nafas olish a`zolari kasalliklaridan, 20,4 foizi boshqa kasalliklar sababli vafot etgan.

Ular orasida 7,5 ming nafari bir yoshgacha bo`lgan go`daklar ekani aytilmoqda. Bolalar o`limining 60,5 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 16,8 foizi nafas olish a`zolaridagi nuqsonlardan, 11,7 foizi tug`ma anomaliyadan va 11 foizi boshqa kasalliklarda vafot etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1