O`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida IIBB xodimlari ilgari bir necha bor sudlangan va joriy yilning 14 yanvar kuni Farg`ona viloyati IIB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi 3 qismi (“Firibgarlik”)da qayd etilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvga e`lon qilingan 26 yoshli Toshmatov Voxidjon Ulug`bekovichni turar joyini aniqlashdi.
Qo`lga olish vaqtida qidiruvda bo`lgan shaxs bilan bir xonadonda bo`lgan qarindoshlari IIBB xodimlariga faol qarshilik ko`rsatishdi. Ikki nafar xodimga tan shikastlari etkazilgan. Xizmatdoshlariga yordamga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari V. Toshmatov bilan o`n nafar shaxslarni qo`lga olishdi.
Tekshiruv davomida aniqlanishicha, qo`lga olingan shaxslardan yana uch nafari jinoyat sodir etganliklari uchun qidiruvda bo`lishgan. Ulardan biri Farg`ona viloyati IIBB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi 3 qismida (“Firibgarlik”) qayd etilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvga e`lon qilingan 46 yoshli Soxibova Odina Solijonovna; Toshkent viloyati IIB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277 moddasi 3 qismida (“Bezorilik”) qayd etilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvga e`lon qilingan farg`onalik 22 yoshli Soxibov Ozodbek Shuxratovich; O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277 moddasi 2 qismida (“Bezorilik”) qayd etilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Farg`ona viloyati IIB tomonidan qidiruvga e`lon qilingan 24 yoshli Toshmatov Zoxid Ulug`bekovich.
"Toshkent shahar IIBB qo`lga olingan shaxslar tomonidan poytaxt hududida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168 moddasida (“Firibgarlik”) qayd etilgan jinoyatni sodir etganliklari to`g`risida ma`lumotga ega", - deyilgan IIBB xabarida.













