Xitoy aholisi (Gongkon, Makoa va Tayvan ma`muriy hududlari hisobga olinmagan holatda) 2018 yilning oxirida 5,3 millionga oshib, jami 1,395 milliard nafarni tashkil etgan.
XXR davlat statistika byurosi ma`lumotlariga ko`ra, 2017 yilda xitoyliklar soni 7,37 million nafarga oshgan bo`lgan.
Qayd etilishicha, 2018 yilda mamlakatda 15,23 million chaqaloq tug`ilgan va 9,93 million kishi vafot etgan bo`lib, tug`ilish va o`lim koeffisientlari har ming kishiga 10,94 va 7,13 tadan to`g`ri kelgan. Umumiy hisobda aholining 713,51 millionini erkaklar, 681,87 millionini esa ayollar tashkil etgan.
16 yoshdan 59 yoshgacha bo`lgan mehnatga layoqatli xitoyliklar soni 2017 yilda 901,99 milliondan 897,29 millionga qisqargan bo`lib, mamlakat aholisining 64,3 foizini tashkil etgan edi. 2018 yilda esa 60 yoshdan keksa bo`lgan kishilar 249,49 million nafarga etgan.
Shuningdek, shahar aholisi ham bir yilda 17,9 millionga oshib, 831,37 million kishini tashkil etdi.
Umum Xitoy rivojlanish 2016-2020 yil dasturida mamlakat aholisining 2020 yilga borib 1,42 milliardga etishi qayd etilgan.