AsosiyJamiyat

Namangan viloyatida tashkil etilgan sexlarda 350 nafar ayolning bandligi ta`minlandi

'Namangan viloyatida tashkil etilgan sexlarda 350 nafar ayolning bandligi ta`minlandi'ning rasmi

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida bo`sh turgan 11 ta sobiq masjid binolarida rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida uyda o`tirgan, og`ir sharoitdagi xotin-qizlarimiz uchun ip ishlab chiqaruvchi va sochiq to`quvchi sexlar tashkil etildi.

Buning natijasida 350 nafar ayolning bandligi ta`minlandi. Bu haqda O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, Kosonsoy tumanida mahallada bo`sh turgan binolar qayta rekonstruksiya qilinib, ayollar uchun sport majmuasi foydalalanishga topshirildi.

    Boshqa yangiliklar