AsosiyJamiyat

​Doston Turg`unov "Ballet beautiful art" xalqaro tanlovi sovrindori bo`ldi

'​Doston Turg`unov  "Ballet beautiful art" xalqaro tanlovi sovrindori bo`ldi 'ning rasmi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida jahonning 10 ta mamlakatidan tashrif buyurgan 120 nafardan ortiq vakillari ishtirokida "Ballet beautiful art" klassik va zamonaviy raqs san`ati bo`yicha xalqaro ko`rik-tanlov o`tkazildi.

Xalqaro tanlovda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining 2-bosqich talabasi Doston Turg`unov muvaffaqiyatli ishtirok etib, ikkinchi o`rinni qo`lga kiritdi.

Musobaqa davomida Doston Turg`unov "Jizel" spektaklidan Albert variasiyasi, "Korsar" spektaklidan variasiya ijro etib hakamlar hay`ati va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo`ldi.

"Ballet beautiful art" xalqaro tanlovida italiyalik ijrochi birinchi, hamyurtimiz ikkinchi va uchinchi o`rinni rossiyalik ijrochi qo`lga kiritdi.

    Boshqa yangiliklar