2019 yilning 20 yanvar kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumani Istiqlol mahallasida joylashgan «Xo`ja Ziyovuddin jome` masjidi»ning tom qismi 40 kv.metr maydonda yonib zararlangan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi xabar berdi.
Yong`inni taxminiy kelib chiqish sababi — masjidning tom qismiga o`rnatilayotgan gumbazni payvandlash jarayonida yong`in xavfsizligi qoidalarining buzilishi.
Yong`inni bartaraf etishga 5 ta yong`in o`chirish ekipajlari jalb etilgan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`indan binoning 181 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar yo`q.






