Germaniyaning «RIMC HOTELS AND RESORTS» kompaniyasi poytaxtimizda «Disneylend» qurish taklifini bildirdi. Uchrashuvda Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxo`jaev hamda nemis kompaniyasi rahbari Gert Prantner ishtirok etdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Unda Toshkent shahrida turizmni rivojlantirish va kompaniya bilan hamkorlik o`rnatish xususida so`z yuritildi. Hamkor kompaniya rahbari poytaxtda zamonaviy mehmonxonalar, savdo-sotiq hamda «Disneylend» kabi ko`ngilochar markazlarni qurilishiga qiziqish bildirayotgani haqida ta`kidlab o`tdi.
Yig`ilishda kompaniya va hokimlik o`rtasida hamkorlik Memorandumini imzolash taklifi ham kiritildi. Shuningdek, loyihalarni amalga oshirish uchun istiqbolli takliflar ishlab chiqildi.

Ma`lumot uchun: 30 yillik tarixga ega ushbu kompaniya dunyo miqiyosida etakchi xalqaro mehmonxonalar operatori hisoblanadi.






