AsosiyJamiyat

Belgiyaliklar O`zbekistonda shakar zavodi quradi

'Belgiyaliklar O`zbekistonda shakar zavodi quradi'ning rasmi

Belgiyaning mashhur DSEC kompaniyasi O`zbekistonda shakar zavodini qurib berishi rejalashtirilmoqda.

Bu haqda mamlakatimizning Belgiyadagi elchisi D.Hakimov Bryusselda DSEC rahbariyati bilan uchrashuvi chog`ida to`xtalib o`tildi, deb yozmoqda "Halq so`zi" nashri.

“Dunyo” agentligi xabariga ko`ra, muloqotda O`zbekistonda shakar ishlab chiqarishni tashkil etish bo`yicha umumiy qiymati 110 mln. evrolik loyihani amalga oshirish istiqbollari ko`rib chiqilgan. Shundan 25 mln. evrosini O`zbekiston tarafi ajratsa, qolganini potensial investorlar yo`naltiradi. Ushbu loyihaning ro`yobga chiqarilishi O`zbekistonda ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va ish o`rinlari yaratish imkonini beradi.

Umuman olganda, ayni paytda yurtimizda oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berayotgan korxonalar soni 10 mingdan ortadi. Joriy yilda ushbu tarmoqda 55,4 mln. evrolik sarmoyani o`zlashtirish rejalashtirilgan.

Ma`lumot uchun, DSEC shakar, iste`mol yog`i, bioyoqilg`i va bioximikatlar ishlab chiqarish zavodlarini loyihalash va qurish bo`yicha Evropadagi etakchi kompaniyalardan biri sanaladi. Unga 1989 yilda asos solingan bo`lib, yillik oboroti 200 mln. evroni tashkil etadi. Ushbu kompaniya shu paytgacha dunyoning 30dan ortiq davlatida 50 ta loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

    Boshqa yangiliklar