2019 yil 21 yanvar kuni Samarqand shahar Yuqori Xo`jasoat mahallasida yashovchi N.Yu. IIBga murojaat qilgan.
Unda 2018 yil 15 dekabrdan 2019 yil 20 yanvargacha bo`lgan vaqt oralig`ida uyining xonasidan noma`lum shaxs zargarlik buyumlarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilgan.
Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni N.Yu.ning uyida vaqtincha uy ishlarida yordamlashib yurgan, Qashqadaryo viloyati Koson tumani E`zoz mahallasida yashovchi S.A. (ismli ayol) sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






