Shu kunlarda Belgiya kuchli qor bo`roni ostida qolmoqda, deya ma`lum qildi 5-tv.ru nashri.
Hozirda mamlakatning ko`plab hududlarida qalin qor yog`ayotganini ko`rish mumkin. Bu holat esa avtomobil yo`llaridagi tirbandliklarga olib kelmoqda. Hozirda qorning qalinligi 10 santimetrdan oshgan. Shunga qaramay, poytaxt Bryusselda odamlar ko`chaga chiqib, birinchi qordan zavq olishyapti. Meteorologiya xodimlari bunday ob-havo hafta so`ngiga qadar davom etishini ma`lum qilishdi. Hukumat ayrim joylarda xavfning sariq darajasini e`lon qilgan.






