Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rejep Tayyip Erdo`g`on Suriyaning Idlib viloyatida davom etayotgan “terroristik“ tashkilotlarga qarshi birgalikda kurash hamda u erdagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun zarur qadamlarni muhokama qildi.
Chorshanba kuni Erdo`g`on boshchiligidagi Turkiya delegasiyasi bir necha kunlik tashrif bilan Moskvaga keldi.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi bergan ma`lumotlarga ko`ra, Moskva va Anqara Suriyada xavfsiz hududni tashkil qilishga harakat qilmoqda. Shuningdek, mamlakatda yomonlashib borayotgan ba`zi terroristik guruhlar, xususan al-Qoidaga qarshi kurashish haqida kelishib oladi.
“Afsuski, bu erda ko`plab muammolar bor va ularni ko`rib turibmiz “, – dedi Putin matbuot anjumanida.
“Turkiya vaziyatni yaxshilash uchun juda ko`p ish qilyapti, endi Anqara va Moskva tomonidan “terroristik guruhlarning harakatini yo`q qilish“ uchun barcha ishlar qilinadi”, deya qo`shimcha qildi Rossiya Prezidenti.
24.01.2019 07:16
Rossiya va Turkiya o`rtasida Suriyadagi vaziyat bo`yicha muzokaralar boshlandi






