AsosiyJamiyat

Dorilarni reseptsiz sotganlar jarimaga tortilishi mumkin

'Dorilarni reseptsiz sotganlar jarimaga tortilishi mumkin'ning rasmi

Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 178-moddasi ettinchi qismiga tegishli tuzatishlarni kiritish taklif qilinmoqda, deb yozadi Norma.

Ushbu norma dispozisiyasiga yana ikkita huquqbuzarlikni kiritish taklif qilinmoqda:

• resept bo`yicha beriladigan dori vositalarini bemorga resept rasmiylashtirmay tayinlaganlik;
• resept bo`yicha beriladigan dori vositalarini dorixonalarda reseptsiz sotganlik.

Tegishincha, bu fuqarolarga – EKIHning 1 baravaridan 3 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, Reseptsiz beriladigan dori vositalari ro`yxati mavjud. Ro`yxat Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan har yili yangilab boriladi. Ayni paytda unda 188 ta monopreparat va 1085 ta majmuaviy preparat bor.

Ushbu ro`yxatda qayd etilmagan barcha dori vositalarini dorixonalar faqat resept (farmasevtika sohasida ma`lumotga ega bo`lgan mutaxassisga dorivor preparatni tayyorlash va (yoki) berish hamda uni qo`llash usuli haqida shifokor bergan yozma ko`rsatma) bo`yicha sotishlari kerak.

Loyiha o`zgartirilishi, unga qo`shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar