O`zbekiston Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi qaroriga asosan axborot-kommunikasiya texnologiyalari va aloqa sohasida yuqori malakali ofiser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, bu sohada harbiy-ilmiy tadqiqotlarni tashkillashtirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikasiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi.
O`zbekistondagi birinchi harbiy institut Mudofaa vazirligining davlat oliy harbiy ta`lim muassasasi bo`lib, u oltita yo`nalish bo`yicha taktik bo`g`indagi ofiser kadrlarni ikki yillik tayyorlashni amalga oshiradi:
- Aloqa qo`shinlari taktik qo`mondonlik-muhandisligi;
- Maxsus aloqa va davlat sirlarini muhofaza qilish taktik qo`mondonlik-muhandisligi;
- Axborot tizimlari va texnologiyalari taktik qo`mondonlik-muhandisligi;
- Radioelektron razvedka va kurash taktik qo`mondonlik-muhandisligi;
- Havo hujumidan mudofaa radiotexnika qo`shinlari taktik qo`mondonlik-muhandisligi;
- Havo hujumidan mudofaa zenit-raketa qo`shinlari taktik qo`mondonlik-muhandisligi.
Shuningdek, yangi tashkil etilgan harbiy institut Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakultetining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnoma bo`yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.