Bosh prokuratura Buxoro shahar hokimligi bo`lim boshlig`i ushlangani haqida xabar berdi.
Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahar hokimligi bo`limi boshlig`i Buxoro shahar hokimligi tassarufidagi, kam ta`minlangan oilalar yotoqxonasidan ikki xonali uy ajratirib berish evaziga 1200 AQSh dollari pora berishni talab qilib, shundan 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






