AsosiyJamiyat

Beeline Uzbekistan rahbari iste`foga chiqadi

'Beeline Uzbekistan rahbari iste`foga chiqadi'ning rasmi

VEON kompaniyasi 2019 yilning birinchi martidan boshlab Beeline O`zbekiston kompaniyasining direktori almashtirilishini ma`lum qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy bayonotida ma`lum qilingan.

Unga ko`ra, 1 martdan boshlab kompaniyaning O`zbekistondagi filialini Sergey Afonin boshqarib boradi.

Ma`lumot uchun, Sergey Afonin VEON Group kompaniyasida 2016 yildan boshlab, Beeline Russiaʼning Janubiy mintaqaviy filiali direktori lavozimida ish boshlagan. Oldinroq u Rossiyadagi FMCG-kompaniya direktori lavozimida ishlagan.

Sergey Afonin bu lavozimga Beeline Uzbekistan kompaniyasini uch yil davomida boshqarib borgan Dmitriy Shukov o`rniga tayinlanadi. U 2015 yilda bu lavozimni egallagandi.

“Sergey turli sohalarda, jumladan telekommunikasiya sohasida ham ulkan tajribaga ega. Biz uning boshqaruv qobiliyati va etakchilik xususiyatini, VEON dagi uch yillik faoliyati davomida o`zini ko`rsat olganini yuksak qadrlaymiz. Sergeyning yangi lavozimga o`tishi bizning O`zbekistondagi pozisiyamizni mustahkamlanishiga, shu bilan birga raqamli xizmatlar sohasining o`sishi, korporativ etikani mustahkamlash va biznesdagi shaffoflikni ta`minlashga xizmat qiladi deb ishonaman”, deya gapirib o`tgan CEO Veon Group Ursula Byorns.

    Boshqa yangiliklar