Behush holda topilgan shaxs o`zaro janjal tufayli shu holga tushgani aniqlandi.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, 2019 yil 22 yanvar kuni Toshkent shahrining Olmazor dahasida yashovchi Sh.B. Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko`chasidan tan jarohati bilan behush holda topilib, RShTYoIMga yotqizilgan.
Ushbu jinoyatni Yunusobod tumani Xalqobod ko`chasida yashovchi A.V. o`zaro janjal tufayli sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






