AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yangi tashkil etilgan harbiy institut bitiruvchilariga harbiy unvon beriladi

'O`zbekistonda yangi tashkil etilgan harbiy institut bitiruvchilariga harbiy unvon beriladi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidentining tegishli qaroriga ko`ra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti bazasida tashkil etilgan Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikasiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida 2018/2019 va 2019/2020 o`quv yillarida ushbu bilim yurtining to`rtinchi va beshinchi bosqich kursantlari ta`lim olishi amaldagi o`quv dasturlari bo`yicha tugallanadi.

Shuningdek, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakultetiga 2016, 2017 va 2018 yillarda o`qishga kirgan, tegishli ravishda uchinchi, ikkinchi va birinchi bosqich talabalarining o`qishi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bazasida «Telekommunikasiya texnologiyalari» ta`lim yo`nalishi bo`yicha, tegishli ravishda 2019/2020, 2020/2021 va 2021/2022 yillardan boshlab esa Harbiy institut bazasida amalga oshiriladi.

2022/2023 o`quv yilidan boshlab esa Harbiy institutga nomzodlarni saralash tanlov asosida respublikaning muhandislik-texnik oliy ta`lim muassasalarining 3-bosqichini tugatgan, o`qish yakunlari bo`yicha yuqori natijalarga erishgan, Harbiy institutda o`qishni davom ettirish hamda kelgusida shartnoma bo`yicha harbiy xizmat o`tash istagini bildirgan, shuningdek, sog`lig`ining holatiga ko`ra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan nomzodlar tarkibidan amalga oshiriladi.

Mazkur harbiy institutida o`qish O`zbekiston Prezidenti tomonidan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan harbiy xizmatni o`tash tartibi to`g`risidagi nizomga muvofiq harbiy xizmatni o`tash bilan tenglashtiriladi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xizmati xabariga ko`ra, harbiy institut bitiruvchilariga “leytenant” harbiy unvoni va davlat namunasidagi diplom beriladi.

    Boshqa yangiliklar