Ispaniyaning Madrid hamda Barselona shaharlarida 30 mingdan ortiq taksi haydovchilari norozilik namoyishlarini o`tkazishmoqda, deb xabar berdi RenTV.ru nashri.
Ular norozilik ramzi sifatida sariq nimcha kiyib olishgan. Haydovchilar noma`lum muddatga ish tashlashganini ma`lum qilishmoqda. Namoyishchilar shahar atrofidagi yo`llarni to`sib qo`yishdi. Ular hukumatdan yo`lovchi tashish sohasidagi qonunchilikni isloh qilinishni talab qilishmoqda. Ispaniya polisiyasi namoyishchilarni tarqatishga urinmoqda.