Venesuelada davom etayotgan to`qnashuvlarda qurbon bo`lganlar soni 15 nafarga etdi, deya ma`lum qildi News.day.az nashri.
Yirik namoyishlar mamlakatning Portugesa, Barinas, Tachira, Karakas, Amasonas, Bolivar shtatlarida bo`lib o`tmoqda. Ayni vaqtgacha esa polisiya tomonidan 70 dan ortiq odam qo`lga olingan. Venesuela muxolifat parlamenti etakchisi Xuan Guaydo o`zini mamlakatning vaqtinchalik rahbari deb e`lon qilganidan so`ng ham namoyishlar to`xtaganicha yo`q. Hozirga qadar AQShdan tashqari, Guaydoning vaqtinchalik prezident maqomini Kanada, Argentina, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Gonduras, Panama, Paragvay va Peru tan oldi.






