2019 yil 23 yanvar kuni Andijon viloyati, Ulug`nor tumani hokimligining ma`muriy binosida tuman xokimi D.T.Maqsudov, tuman Ma`muriy sudi raisi V.Siddiqov, tuman prokurori V.X.Odilov, Ichki ishlar boshlig`i B.B.Shermatov, tuman Majburiy ijro byurosi boshlig`i A.Toshmatov, o`rinbosari G`.Abdullaev, Halq qabulxonasi boshlig`i R.Sultonov, FXDYo bo`limi boshlig`i Z.Jalilova, “Oila markazi” boshlig`i Sh.Voxidovalar raxbarligida tuman faollari, maxalla fuqarolar yig`inlari raislari, xotin qizlar bilan ishlash va oilalarda ma`naviy ahloqiy qadryatlarni mustaxkamlash bo`yicha mutaxassislar ishtirokida “Oila turmush tarzini yaxshilash” mavzusida ochiq muloqot o`tkazildi. Uchrashuvda jami 174 nafar fuqarolar ishtirok etishdi.
Muloqotda, tumandagi 15583 ta xonadondan, 619 tasi aliment to`lovchi sifatida Majburiy ijro byurosida xisobda turishi, ushbu oilalarni yarashtirish va sog`lom turmush tarziga qaytarish, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi, xotin-qizlar va voyaga etmaganlarni tomonidan oiladigi kelishmovchiliklar hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish yuzasidan savol-javoblar o`tkazildi.
Ochiq muloqotda ishtirokchilar o`zlarining qiziqtirgan savollariga mas`ul xodimlar tomonidan tegishli javoblarni oldilar. Shuningdek, qatnashchilar tomonidan bu yo`nalishda kelgusida bajarilishi lozim bo`lgan tadbirlar belgilab olindi.






