O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining “Ishonch telefoni” orqali Nukus shahri, Amir Temur ko`chasi 72-uyda yashovchi fuqaro A.Muzaffarov “Nukus avto savdo” korxonasiga “Cobalt” mashinasi uchun 84 million 164 ming 910 so`m pul o`tkazgani, ammo avtomashinasi chiqish sanasida iste`molchiga uni Xorazm viloyatidan olish kerakligidan norozi bo`lib murojaat qilgan.
Shuningdek, mashina kechikkan kuni uchun tuzilgan shartnomaga asosan korxonadan 0,01 foiz penya undirib berishni aytgani ro`yxatga olingan. Maxsus topshiriqlar asosida Nukus shahar iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o`rganish ishlari olib borildi.
Buning natijasida iste`molchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan, avtomashina 14 kunga kechikkani hamda shartnomada ko`rsatilgan shartlariga ko`ra, kechiktirilgan kun uchun 0,01 foiz ya`ni 117 ming 831 so`m penya to`landi.
O`zA xabariga ko`ra, shu yilning 23 yanvar kuni “Cobalt” mashinasi Nukus shahrining o`zida iste`molchiga topshirildi.






