AsosiyJamiyat

Samarqanddagi "O`quvchi" va "Tun" tadbirida voyaga etmaganlar tungi klublarda yurganligi aniqlandi

'Samarqanddagi "O`quvchi" va "Tun" tadbirida voyaga etmaganlar tungi klublarda yurganligi aniqlandi'ning rasmi

O`tgan 2018 yilda Samarqand viloyati Ichki ishlar organlari tomonidan boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o`quvchilarning dars mashg`uloti vaqtida hamda tungi vaqtlarda qarovsiz va nazoratsiz yurishlarini oldini olish maqsadida 562 marotaba "O`quvchi" va "Tun" kabi profilaktik reydlar, shuningdek muntazam ravishda davomat tadbirlari o`tkazildi. Bu haqda “Zarafshon” gazetasi xabar berdi.

Davomat tadbirlari davomida 877 nafar (418 nafar maktab, 459 nafar kollej) o`quvchilar darslarga uzrli sabablarsiz, shundan 662 nafar (172 nafar maktab, 490 nafar kollej) o`quvchilar darslarga muntazam ravishda kelmayotganligi aniqlandi.

Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko`ra, ularning

- 626 nafari (maktab-326, kollej, lisey-300) o`qishga qaytarildi,

- 51 nafari viloyat IIB HPB huzuridagi voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish markaziga joylashtirildi,

- 120 nafarining ota-onasiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasiga asosan ma`muriy chora ko`rish uchun hududiy hokimliklar huzuridagi voyaga etmaganlar komissiyalariga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib yuborildi.

Shuningdek o`tkazilgan reydlar natijasida, jami 130 nafar voyaga etmaganlar aniqlanib, ular Voyaga etmaganlarga huquqiy yordam ko`rsatish markazlariga olib kelindi.

Jumladan, 107 nafar voyaga etmagan o`quvchilar dars vaqtlarida bozorlarda nazoratsiz va qarovsiz yurganligi, 23 nafar voyaga etmagan o`quvchilar esa tungi vaqtlarda ota-onasi yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar kuzatuvisiz va nazoratisiz tungi klublarda yurganligi aniqlandi.

Shuningdek, 2018 yil dekabr oyining so`nggida Samarqand shahrida joylashgan "Pur-Pur", "Cavalli", "Suxuruns" va "Jeyran" tungi klub va restoranlarda o`tkazilgan reydlar davomida, "Pur-Pur" tungi klubida soat 23:00 larda, Samarqand tumanida yashovchi, umumta`lim maktabining 10-sinf o`quvchisi, 2002 yilda tug`ilgan, voyaga etmagan A.A. chilim iste`mol qilib o`tirganligi aniqlanib, uning ota-onasi hamda tungi klub boshqaruvchisiga nisbatan tegishli choralar ko`rildi.

Voyaga etmagan A.A. ota-onasiga topshirildi.

    Boshqa yangiliklar