AsosiyJamiyat

MIB 35 oydan buyon alimentdan to`lanmagan salkam 50 million so`m qarzdorlikni undirib berdi

'MIB 35 oydan buyon alimentdan to`lanmagan salkam 50 million so`m qarzdorlikni undirib berdi'ning rasmi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudining 2015 yil 18 iyundagi ijro varaqasiga asosan qarzdor B.Usmonovdan undiruvchi M.Usmonova foydasiga bir nafar voyaga etmagan farzandi ta`minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ qism miqdorida aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati bo`lim ish yurituvida bo`lib, mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdor 2016 yildan boshlab farzandi uchun aliment pullarini umuman to`lamay kelgan.

MIB Chilonzor tumani bo`limi tomonidan mazkur ijro ishi bo`yicha qayta hisob-kitob qilinganida, qarzdor B.Usmonovning voyaga etmagan farzandining ta`minoti uchun alimentdan qarzdorligi 35 oyga (2016 yildan 2018 yilning dekabr oyiga qadar) jami 49,628,343 so`mni tashkil qilganligi ma`lum bo`ldi.

MIB Chilonzor tumani bo`limi tomonidan olib borilgan huquqiy ta`sir choralari natijasida qayta hisoblangan aliment pullari ya`ni, 49,628,343 so`m pul mablag`lari undiruvchiga voyaga etmagan farzandi uchun undirib berildi.

    Boshqa yangiliklar