Janubiy Koreyada ishlovchi xorijliklar keyingi olti yilda 30 foizga ko`paydi. "Yonhap" agentligi xabariga ko`ra, muhojirlarning ko`payishi bu erda ular uchun berilayotgan ish haqining oshishi bilan bog`liq.
2012 yilda bu erda ishlovchi xorijiy fuqarolar ikki ming dollargacha maosh olgan bo`lsa, 2018 yilga kelib, ularning aksariyati ikki ming dollardan ko`proq maosh oladi.
Ma`lumot uchun, Janubiy Koreya hayot darajasi yuksak va mehnat sharoitlari qulay bo`lgan davlatlar sirasiga kiradi.






