2018 yil davomida O`zbekistonda yo`l-transport hodisasi oqibatida 2262 odam halok bo`lgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma`lum qildi.
Bu o`rtacha bir kunda 6 nafar odam mudhish hodisalar qurboniga aylanganini bildiradi.
2017 yil bilan solishtirgan halok bo`lganlar soni 8,5 foizga kamaygan. O`shanda yil davomida 2473 kishi avtohalokatlar natijasida vafot etgandi.
O`tgan yilda tan jarohati olganlar soni 8458 nafarni tashkil qildi (2017 yilda 9637 kishi jarohat olgandi – 12,2% foizga kamaygan)






