AsosiyJamiyat

Chet el fuqarolarining huquqiy maqomi alohida qonunda qayd etiladi

'Chet el fuqarolarining huquqiy maqomi alohida qonunda qayd etiladi'ning rasmi

Hujjat matni muhokama uchun joylashtirilgan. Muhokama 2019 yil 7 fevralgacha davom etadi.

Norma’ning yozishicha, qonun loyihasi 37 moddadan iborat bo`lib, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning (FBSh) mamlakatimizda bo`lishiga oid quyidagi asosiy qoidalarni tartibga soladi:

a) huquq va erkinliklari: daxlsizlik huquqi, harakatlanish erkinligi, mehnat faoliyati va dam olish, ijtimoiy va pensiya ta`minoti, ta`lim olish, investisiya va tadbirkorlik faoliyati, imtiyozli soliq solish (yuqori malakali mutaxassislar uchun) va b.

Eslatib o`tamiz, prezidentning 7.11.2018 yildagi PQ–4008-son qarori bilan chet el fuqarolari, sh.j. malakali mutaxassislar uchun qator preferensiyalar: JShDSning imtiyozli stavkasi – belgilangan stavkaning 50%i; muayyan sharoitda ruxsat beruvchi tartib-taomillarni o`tmagan holda istalgan lavozimda ishlash huquqi va b. nazarda tutilgan;

b) chet el fuqarolari va FBShning kelishlari, ketishlari, mamlakatimiz hududi orqali tranzit o`tishlari, siyosiy boshpana berish tartibi.

Ma`lumot uchun. Ushbu masalalar hozir quyidagi hujjatlarda o`z aksini topgan:

• Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning O`zbekiston Respublikasiga kelishlari va O`zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi;
• Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning O`zbekiston Respublikasida bo`lishlari qoidalari;
• Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning O`zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o`tishlari qoidalari;
• O`zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi to`g`risidagi nizom;

v) respublikada bo`lish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik, shu jumladan bo`lish muddatini qisqartirish, mamlakat tashqarisiga chiqarib yuborish, yashash guvohnomasi va doimiy propiskani bekor qilish asoslari.

Yashash guvohnomasi va doimiy propiska bekor qilinadigan holatlarning batafsil ro`yxati keltirildi:

• chet el fuqarolari 3 yildan ortiq muddat davomida uzrli sabablarsiz O`zbekistondagi doimiy yashash joyiga qaytib kelmagan bo`lsalar, ularning mamlakat tashqarisiga vaqtincha chiqishi;
• vaqtincha chiqib ketgan FBSh yo`l hujjatini uzrli sabablarsiz almashtirmagan yoki almashtirishdan bosh tortgan bo`lsalar, uning amal qilish muddati tugashi;
• bekor qilish to`g`risida shaxsan murojaat qilishi yoki boshqa shaxsning ishonchnoma asosida, shuningdek xorijdagi tegishli organlarning so`roviga binoan murojaat qilishi;
• yashash guvohnomasini olish chog`ida o`zi haqida atayin yolg`on ma`lumotlar berishi yoki zarur hujjatlarni taqdim etmasligi (qalbakilarini taqdim etishi);
• mamlakat tashqarisiga chiqarib yuborilishi;
• sudning ushbu hujjatlarni bekor qilish to`g`risidagi yoki shaxsni bedarak yo`qolgan deb topish to`g`risidagi hal qiluv qarori.

Loyiha o`zgartirilishi, unga qo`shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar